Asosiy mazmunga o'tish
RealMaosh

O'qituvchi oylik maoshi kalkulyatori

Toifangiz, haftalik dars soatlaringiz va qo'shimcha vazifalaringizni kiriting — maktab o'qituvchisi oyligini amaldagi stavkalar bo'yicha hisoblaymiz va qo'lga qancha tegishini ko'rsatamiz. Pastda — o'qituvchilar haqiqatda qancha olayotgani.

Stavkalar 01.09.2026 dan amal qiladi (Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori, PF-115 farmoni). Normalarni RealMaosh tahririyati 27.09.2026 holatiga ko'ra lex.uz dagi matnlar bilan solishtirgan.

Telegram'da ulashish

Kalkulyator yuklanmoqda…

O'qituvchi oyligi qanday hisoblanadi: hisoblash tartibi va formulasi

  1. Bazaviy stavka. Har bir toifa uchun koeffitsiyent belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori, 1-ilova), u mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga ko'paytiriladi — 01.09.2026 dan 1 360 000 so'm. Bu 1 stavka uchun summa.
  2. Dars soatlari. 1 stavka — 1–4-sinflarda haftasiga 18 soat, 5–11-sinflarda 20 soat. Oylik soatlarga mutanosib: masalan, 5–11-sinflarda 25 soat — 1,25 stavka. O'qituvchiga ko'pi bilan 1,5 stavka beriladi.
  3. Qo'shimcha to'lovlar eng kam miqdorga nisbatan foizda va soatlarga bog'liq emas: sinf rahbarligi — o'quvchilar soniga qarab 26,4% dan 52,8% gacha, informatika kabineti mudirligi — 17,6%, fizika yoki kimyo laboratoriyasi — 50%.
  4. Ustamalar tarif stavkasiga nisbatan: milliy sertifikat — 20%, xalqaro yoki xalqaro standartlarga javob beradigan milliy sertifikat — 50%, attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olgan oliy va birinchi toifali o'qituvchilarga — 70%. Kalkulyator bitta ustamani hisoblaydi.
  5. Hisoblangan oylikdan 12% daromad solig'i ushlab qolinadi, qolgani qo'lga tegadi. Maktab ustiga 25% ijtimoiy soliq to'laydi — u oylikdan ushlanmaydi.

Formula: oylik = bazaviy stavka × (1–4-sinf soatlari ÷ 18 + 5–11-sinf soatlari ÷ 20) + qo'shimcha to'lovlar + ustama. Qo'lga = oylik − 12%.

1 stavka uchun oylik stavkalari (01.09.2026 dan)

Toifa Koeffitsiyent Hisoblangan Qo'lga
Oliy toifa (bosh o'qituvchi) Koeffitsiyent 4,047 Hisoblangan 5 503 920 so'm Qo'lga 4 843 450 so'm
Birinchi toifa (yetakchi o'qituvchi) Koeffitsiyent 3,662 Hisoblangan 4 980 320 so'm Qo'lga 4 382 682 so'm
Ikkinchi toifa (katta o'qituvchi) Koeffitsiyent 3,287 Hisoblangan 4 470 320 so'm Qo'lga 3 933 882 so'm
Mutaxassis (oliy ma'lumotli, toifasiz) Koeffitsiyent 2,936 Hisoblangan 3 992 960 so'm Qo'lga 3 513 805 so'm
O'rta maxsus ma'lumotli Koeffitsiyent 2,744 Hisoblangan 3 731 840 so'm Qo'lga 3 284 019 so'm

5–11-sinflarda haftasiga 20 soat yoki 1–4-sinflarda 18 soat, qo'shimcha to'lov va ustamalarsiz.

Stajyor, katta, yetakchi va bosh o'qituvchi: bu qaysi toifa

Lavozim nomlari malaka toifalariga mos keladi: katta o'qituvchi — ikkinchi toifa, yetakchi o'qituvchi — birinchi toifa, bosh o'qituvchi — oliy toifa, mutaxassis — oliy ma'lumotli toifasiz o'qituvchi (Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori). Stajyor-o'qituvchi — pedagogik kasbga birinchi marta ishga kirgan oliy ma'lumotli o'qituvchi; kasbiy sertifikat olguncha unga mutaxassis stavkasi to'lanadi (87-son qaror).

Sinf rahbarligi va boshqa qo'shimcha to'lovlar (01.09.2026 dan)

  • Sinf rahbarligi: 15 nafargacha o'quvchi · 26,4% 359 040 so'm
  • Sinf rahbarligi: 16–20 o'quvchi · 31,6% 429 760 so'm
  • Sinf rahbarligi: 21–25 o'quvchi · 36,9% 501 840 so'm
  • Sinf rahbarligi: 26–30 o'quvchi · 42,1% 572 560 so'm
  • Sinf rahbarligi: 31 va undan ko'p o'quvchi · 52,8% 718 080 so'm
  • Informatika kabineti mudirligi · 17,6% 239 360 so'm
  • Fizika yoki kimyo laboratoriyasi (bitta o'qituvchiga) · 50% 680 000 so'm

Sertifikat ustamasi sertifikat amal qilgan davrda, lekin 3 yildan ko'p bo'lmagan muddatga, bir nechta sertifikat bo'lsa — eng kattasi bo'yicha to'lanadi (PF-134 farmoni). Attestatsiya uchun 70% ustama 2 yilga beriladi (572-son qaror).

Kalkulyator hisobga olmaydigan to'lovlar

  • Daftar va yozma ishlarni tekshirish uchun qo'shimcha haq (eng kam miqdorning 8,8% yoki 17,6%, dars soatlariga mutanosib) — qanday mutanosiblikda hisoblanishini aniqlaganimizdan keyin qo'shamiz.
  • Direktor jamg'armasidan ustamalar — ularni maktab komissiyasi belgilaydi.
  • Olis hududlardagi ro'yxatga kiritilgan maktablarga boshqa hududdan kelgan o'qituvchilar ustamasi — ish stajiga qarab 10% dan 50% gacha (471-son qaror).
  • Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga boshqa tuman yoki viloyatdan kelgan o'qituvchilarga 50% yoki 100% maxsus ustama (646-son qaror).
  • Mukofotlar, moddiy yordam, ta'til puli va boshqa bir martalik to'lovlar.

Maktabda oylik qancha: o'qituvchilarning real oyligi

Stavkalar — qonun bo'yicha qancha to'lanishi kerakligi. Bu yerda — o'qituvchilarning o'zlari anonim kiritgan, qo'lga tegadigan oyliklar medianasi. Faqat kamida 5 ta turli kishi javob bergan joylar ko'rsatiladi.

Oyligimni anonim qo'shish →

Barcha kalkulyatorlar →